O‘zbekiston | 08:53 / 18.12.2023
3011
2 daqiqa o‘qiladi

Hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

“Hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Loyihada qonunning maqsadi, hunarmand va shogird terminlariga tushunchalar, “Usta-shogird” maktabi tushunchasi, hunarmandning huquq va majburiyatlari, faoliyatni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari va uyushma tizimi haqidagi ma’lumotlar, uyushmaning huquqlari, uyushma faoliyatining ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari keltirilgan.

Shuningdek, hujjat hunarmandlarning milliy katalogi va turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan hunarmandlar reyestri, hunarmandlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari, hunarmand va shogird o‘rtasidagi munosabatlar, hunarmand bo‘lish istagini bildirgan fuqarolarni professional o‘qitish va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi.

Loyiha hunarmandchilik sub’yektlariga qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklarni yaratish, usta-shogird munosabatlarini kengaytirish va rag‘batlantirish, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xomashyo bazasini mustahkamlash orqali aholi bandligini ta’minlash hamda hunarmandlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashni nazarda tutadi.

Mavzuga oid