Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada xonadonida 1 kilo opiy saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘z xonadonida giyohvand moddalar saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati IIB, Qo‘qon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 1972 yilda Dang‘ara tumanida tug‘ilgan, Qo‘qon shahar Bobur ko‘chasida yashovchi fuqaro B.Y.ning yashash manzili ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida uning og‘ilxonasida 1 kilogramm opiy va 50 gramm marixuana giyohvand moddalarini kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, saqlab kelayotgani aniqlangan va hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025