Toshkentda jinoiy faoliyatda gumonlanib yana 5 kishi qo‘lga olindi
Poytaxt IIBB bir qator jinoyatlarda gumonlanayotgan yana besh nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Jinoiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan «Dolzarb 40 kunlik» profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida yana besh nafar shaxs jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi.
Poytaxt IIBB ushlanganlar ro‘yxatini keltirdi:
Alibek Fayziyev (1985 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish);
Aziz Nurmatov (1987) — 165-modda (Tovlamachilik)ning 2-qismi;
Olimjon Amonov (1990) — 273-moddaning 5-qismi;
Bahodir Qodirov (1992) — 277-modda (Bezorilik);
Bobur Ismoilov (1992) — 277-modda 3-qismi.
Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan, tergov davom etmoqda.
Ushbu shaxs yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan, ularning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 71−206−45−69, 71−206−49−46, 102 telefon raqamlaridan biriga yoki 99−370−73−94 Telegram manziliga murojaat qilish so‘ralgan. Ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi kafolatlanadi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024