Ukraina chet eldagi erkaklarni safarbarlik uchun qaytarish niyatida
Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Germaniya va boshqa mamlakatlardan 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklarni qaytarishni rejalashtirmoqda. U harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlar sanksiyalarga duch kelishi haqida ogohlantirdi.
Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun yangi askarlarni izlab, kelasi yili xorijda bo‘lgan zaxiradagi ukrainalik yigitlarni harbiy xizmatga chaqirmoqchi. Germaniya va boshqa mamlakatlarda yashovchi 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ning chaqiruv punktlariga kelishi kerak bo‘ladi, dedi mamlakat mudofaa vaziri Rustem Umerov payshanba, 21 dekabr kuni Bild, Welt TV va Politico nashrlariga bergan intervyusida.
Umerovning aytishicha, gap chaqiruv punktlariga kelish bo‘yicha takliflar haqida ketyapti, biroq ayni paytda buni amalga oshirmaganlar sanksiyaga duchor bo‘lishi ehtimoli katta. «Agar ular o‘z ixtiyori bilan kelmasa, nima bo‘lishini hali muhokama qilmoqdamiz», dedi vazir.
Qo‘shimcha safarbarlik: 450-500 ming kishi
Ukraina hukumati zaxiraga yana 450-500 ming kishini jalb qilmoqchi, ammo buning uchun moliyaviy va siyosiy sharoitlar hali yaratilmagan. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy safarbarlikni «nozik masala» deb atadi.
Rustem Umerov safarbarlik masalasida adolat muhim ekanini ta’kidladi. Safarbar etilganlar qanday tayyorgarlikdan o‘tishi va jihozlanishi, qayerda va qachon xizmat qilishini, xizmatdan qachon ozod etilishini oldindan bilishi kerak, dedi u.
Taqiqlarga qaramay, ko‘plab ukrainalik erkaklar harbiy xizmatga bormaslik maqsadida uchun xorijga chiqib ketgan. So‘nggi haftalarda Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi butun front bo‘ylab hujumlarini sezilarli darajada kuchaytirdi. Ayniqsa, Donetsk yaqinidagi Avdiyivka hududida shiddatli janglar ketmoqda.
Mavzuga oid
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30 / 28.11.2024
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:49 / 28.11.2024
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
10:18 / 28.11.2024