O‘zbekiston | 11:17 / 22.12.2023
7923
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdagi tuman sababli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Toshkent aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 02:34 dan boshlab havo kemalarini qabul qilish uchun cheklovlar joriy etildi. Bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.
Samarqand aeroportiga quyidagi reyslar yo‘naltirildi:
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-670 Novosibirsk — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 03:52 da qo‘ndi;
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9614 Moskva — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:01 da qo‘ndi;
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-614 Moskva — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:06 da qo‘ndi;
- Qanot Sharq aviakompaniyasining HH-5522 Jidda — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:22 da qo‘ndi;
- Panorama Airways aviakompaniyasining 5P-362 Madina — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:52 qo‘ndi;
- Turkish Airlines aviakompaniyasining TH-364 Istanbul — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 06:09 da qo‘ndi.
Buxoro aeroportiga quyidagi reyslar yo‘naltirildi:
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-602 Moskva — Toshkent reysi soat 04:59 da qo‘ndi;
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-336 Jidda — Toshkent mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da qo‘ndi.
Navoiy aeroporti quyidagi reyslarni qabul qildi:
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9658 Ufa — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:38 da qo‘ndi;
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-274 Istanbul — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:06 da qo‘ndi.
Muqobil aerodromlarga qo‘ngan barcha samolyotlar soat 08:00 dan 09:30 gacha Toshkent aeroportiga qaytib keldi. Texnik sabablarga ko‘ra Panorama Airways aviakompaniyasi samolyoti Samarqand aeroportida qoldi. 355 nafar yo‘lovchining barchasi yerusti transportida Toshkentga yetkaziladi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024