Air Cairo Misrdan Farg‘onaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘ymoqchi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Misrning Air Cairo charter aviakompaniyasi vakillari Muhammad Yunus Yusuf va Talgat Dairovlarni qabul qildi.
Uchrashuvda Air Cairo aviakompaniyasi tomonidan Farg‘ona va Misrning Sharm-al-Shayx shahri o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
Farg‘ona xalqaro aeroportini xorijlik hamkorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan viloyat hokimi, Misr bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi aeroportda yillik yo‘lovchilar oqimini kengayishiga, Misr bilan Farg‘ona o‘rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidlab, viloyat hokimligi tomonidan har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Yoz boshlarida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan qatnovlarga Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligidan ruxsatnoma rasmiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha birgalikda ish tashkil etilishiga kelishib olindi.
2003 yilda tashkil etilgan Air Cairo charter aviakompaniyasining shtab-kvartirasi Qohirada joylashgan bo‘lib, Misrning milliy aviatashuvchisi EgyptAir tarkibiga kiradi. 30 ta zamonaviy laynerlarga ega bo‘lgan aviakompaniya hozirda Misr shaharlariga, 30 ga yaqin davlatlarga, shu jumladan, Toshkent shahriga jami 70 dan ortiq yo‘nalishlarga parvozlarni amalga oshirib keladi.
Mavzuga oid
07:06 / 05.09.2024
Farg‘onada avtotreyler YTHga uchradi
16:34 / 30.08.2024
Farg‘onada Spark simyog‘ochga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
18:40 / 22.08.2024
Farg‘onadan Novosibirskka aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
14:57 / 14.08.2024