Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram kunlari Toshkentda avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
«Toshshahartransxizmat» 30 dekabr – 2 yanvar kunlariga mo‘ljallangan jadval haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida 30 dekabr – 2 yanvar kunlari avtobuslar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, prezidentning 2022 yil 23 dekabrdagi «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni va 2023 yil 22 dekabrdagi «2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Yangi yil bayram tadbirlarini nishonlash maqsadida dam olish kunlarida avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagicha tashkil etilgan:
- 2023 yil 30 dekabr, shanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2023 yil 31 dekabr, yakshanba — ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 1 yanvar, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 2 yanvar, seshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 6 yanvar, shanba — ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025