Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Samarqandda bosh konsulxona ochadi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bosh konsulxona ochish O‘zbekiston bilan kelishib olinganini ma’lum qildi.
Rossiya yaqin kelajakda xorijda ikkita elchixona va beshta bosh konsulxona ochadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida gapirdi.
«Burkina-Faso va Ekvator Gvineyasida elchixonalar, Kapan (Armaniston), Oqtou (Qozog‘iston), Samarqand (O‘zbekiston), Denpasar (Indoneziya) va Male (Maldiv orollari) shaharlarida bosh konsulxona ochish to‘g‘risida qarorlar allaqachon qabul qilingan va hukumatlar bilan kelishilgan», dedi diplomat.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Rossiya hukumati «do‘stona» mamlakatlar va Rossiya uchun muhim bo‘lgan geografik mintaqalarda joylashgan davlatlarda diplomatik ishtirokini kengaytiradi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025