Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orol dengizi qurigan tubida ekilgan saksovullar kosmosdan ko‘rina boshladi
Bu kabi yashillashtirish ta’siri tufayli 2018 yildan so‘ng Orolbo‘yida kuchli chang bo‘ronlari xavfi keskin kamayib ketgan.
Orol dengizining qurigan tubida ekilgan saksovullar kosmosdan ham ko‘rina boshladi. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahadov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yildan so‘ng Orolbo‘yida kuchli chang bo‘ronlari xavfi keskin kamayib ketgan.
Nafaqat chang (qum) bo‘ron chastotalari, balki kelayotgan nam havo oqimlaridan Orolbo‘yi atrofida yog‘in jadalligi boshqa mintaqalarga nisbatan ortgan. Bu nafaqat havo aylanmalari (sirkulyatsiyasi) harakatidagi o‘zgarishlar, balki yer sirtidagi fitomassaning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi xam mumkin.
“Mazkur loyiha respublika bo‘ylab keng miqyosda davom ettirilishi mintaqa uchun juda ham zarur”, deydi Erkin Abdulahadov.
Ma’lumot uchun, Orol dengizining suvi qurigan hududida 1,7 mln gektar maydonda cho‘l o‘simliklarining urug‘i va ko‘chatidan “yashil qoplamalar” barpo etilgan.
Mavzuga oid
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
23:14 / 03.04.2025
Ukraina Rossiya bosqini oqibatida yetkazilgan ekologik zararni 85 mlrd dollarga baholadi
12:46 / 29.03.2025