Jahon | 16:30 / 02.01.2024
23064
9 daqiqa o‘qiladi

Harbiylar bilan uchrashgan Putin va sharqiy frontdagi «Leopard»lar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 677-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorodda 30 dekabr kungi zarbalar vaqtida jarohat olgan to‘rt yoshli qizcha vafot etdi. Shahar markaziga yo‘llangan zarba oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishini tashkil etmoqda.
  • Putin Belgorodga 30 dekabr kuni berilgan zarbalarni terakt deb baholadi. U Ukraina bo‘ylab zarbalar ko‘paytirilishi bilan tahdid qildi.
  • Yangi yil kechasi Ukraina dronlarning yopirilma hujumiga uchragan. Ukraina qurolli kuchlari 87 ta dron urib tushirilganini ma’lum qilgan.
  • Odessa oblastida dronlar hujumi oqibatida bir o‘smir halok bo‘lib, yana uch kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
  • Donetsk markazi ham yangi yil kechasi zarbaga uchradi. To‘rt kishi halok bo‘lgan.
  • Ukrainadagi urushda 2005 yilda tug‘ilgan rossiyalik kontraktnik halok bo‘ldi, deb xabar bergan BBC rus xizmati. Nashrning yozishicha, bu 2005 yilda tug‘ilgan harbiylar orasida qayd etilgan ilk o‘lim holatidir.
  • Belgorod bo‘ylab zarbadan keyin Rossiya shaharlarida yangi yil salyutlari va bayram tadbirlari bekor qilingan.
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, Rossiya sudlari 200 dan ortiq ukrain harbiylarni uzoq muddatlarga qamash to‘g‘risida hukmlar chiqargan.

Donetsk bo‘ylab zarbalar

«DXR» rasmiylari ma’lum qilishicha, Ukraina qurolli kuchlari yangi yil kechasi Donetsk markazini o‘qqa tutgan. «Donbass Palas» mehmonxonasi, shaharning Kalininskiy va Budennovskiy rayonlari zarbaga uchragan. O‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan hudud rahbari Denis Pushilin Ukraina QK shaharni kassetali snaryadlar bilan o‘qqa tutganini aytgan. Zarba oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, 13 kishi yaralangan. TASS xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri — jurnalist, yana bir jurnalist yaralangan.

«Faqat terrorchi vahshiylar shunday yo‘l tutishi mumkin», — degan RF TIV rasmiysi Mariya Zaxarova. U Ukraina hududlari 1 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilgani yuzasidan to‘xtalib o‘tirmagan.

Donetskda tungi otishmadan shikastlangan ko‘cha
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrain shaharlari o‘qqa tutilishi oqibatlari

1 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududlari bo‘ylab Shahed rusumli 90 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirgan — Ukraina QK havo kuchlariga ko‘ra, bu bir tunda uchirilgan dronlar bo‘yicha rekord miqdor. Ukraina qurolli kuchlari tasdiqlashicha, ukrain harbiylari 87 ta dronni urib tushirgan.

Rossiya qo‘shini S-300 kompleksidan Xarkiv oblasti bo‘ylab 4 ta boshqariluvchi zenit raketalarini uchirgan. Shuningdek, rossiyalik harbiylar Ukraina bo‘ylab X-31P rusumli uchta radiolokatsiyaga qarshi raketalar va bitta X-59 raketasini uchirgan, ular Xerson va Zaporijjya oblastlarida tutib qolingan.

«Amalda barcha regionlarda havo hujumidan mudofaa kuchlari ishladi», — deyiladi Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondonligi xabarida. Lviv oblastida Roman Shuxevich muzeyi vayron bo‘lgan va Lviv milliy agrar universiteti binosi shikastlangan (shahar meri Andrey Sadovoyning qayd etishicha, bu yerda Stepan Bandera o‘qigan). Odessa oblastida port yaqinidagi infratuzilmalar va turar joylar shikastlangan. 15 yoshli o‘smir halok bo‘lib, uch kishi yaralangan.

Kharkiv Palace mehmonxonasining Rossiya zarbasidan keyingi ko‘rinishi. 30 dekabr kuni kechqurun va 31 dekabrga o‘tar kechasi RF qo‘shini Xarkivga raketa va dronlar bilan hujum qilgan. Shaharda 28 kishi jarohatlangan — jumladan, Buyuk Britaniyadan kelgan jurnalist va Germaniyaning ZDF telekanalida ishlovchi tarjimon, ular Kharkiv Palace mehmonxonasida yashab kelgan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Lvivning Belogorsk rayonidagi vayron bo‘lgan Roman Shuxevich muzeyidagi o‘t o‘chiruvchilar
Mykola Tys / EPA / Scanpix / LETA
Lviv milliy agrar universiteti dronlar hujumidan keyin. Bino hovlisida ukrain siyosiy arbobi, Ukrain millatchilar harakati tashkiloti yetakchisi Stepan Banderaning haykali o‘rnatilgan. 1 yanvar — uning tug‘ilgan kuni edi.
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Odessadagi turar joylar kvartali rossiyaliklarning dronlari hujumidan keyin
Odessadagi ko‘p qavatli uy
Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Maskirovka to‘rlarini tayyorlayotgan ko‘ngillilar

Zaporijjyadagi ko‘ngillilar ukrain askarlari uchun qishki kamuflyaj to‘rlar tayyorlamoqda
Andriy Andriyenko / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Andriy Andriyenko / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Harbiylar bilan uchrashgan Putin

1 yanvar kuni Vladimir Putin Ukrainadagi urushda qatnashgan rossiyalik harbiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. U Moskva oblastidagi Vishnevskiy nomidagi hospitalga bordi, shuningdek Novo-Ogarevodagi qarorgohida qo‘shinlarning turli tuzilmalari vakillari bo‘lgan harbiy xizmatchilarni qabul qildi.

Putin va RF mudofaa vaziri o‘rinbosari Nikolay Pankov Vishnevskiy nomidagi hospitalda
Kristina Kormilitsina / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Vishnevskiy hospitalidagi uchrashuv
Kristina Kormilitsina / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Kristina Kormilitsina / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Putin va mudofaa vaziri o‘rinbosari Nikolay Pankov Vishnevskiy nomidagi hospitalda
Kristina Kormilitsina / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Putin Novo-Ogarevodagi qarorgohida harbiylar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda
Gavriil Grigorov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Vayron bo‘lgan Avdiyivka manzaralari 

Donetsk oblastining Avdiyivka shahridagi uylardan biri. Ayni vaqtda ushbu shahar uchun eng shiddatli janglar ketmoqda. Rossiya Avdiyivkaga uch tomondan hujum qilmoqda.
Pierre Crom / Getty Images
Avdiyivkada qolgan va yerto‘lada yashashga majbur bo‘layotgan aholi vakillari. Dekabr oyi o‘rtalaridagi ma’lumotga ko‘ra, shaharda mingdan oshiq tinch aholi vakillari bo‘lgan.
Pierre Crom / Getty Images
Oleg ismli ukrainalik ruhoniy Avdiyivka aholisi uchun insonparvarlik yordami olib keldi
Pierre Crom / Getty Images
Avdiyivka aholisi shaharda faoliyatini davom ettirayotgan yagona do‘konda
Pierre Crom / Getty Images
Ukrain armiyasi askarlari Avdiyivkaga olib boruvchi yo‘l yoqasida
Pierre Crom / Getty Images
Ukrainlarning Avdiyivka hududida yakson etilgan tanki
Pierre Crom / Getty Images

 Ukraina QKning Kreminna o‘rmonlaridagi «Leopard»lari

Ukrainalik tankchilar Luhansk va Donetsk oblastlari chegarasidagi Kreminna o‘rmonida nemislarning «Leopard» tankida
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images

Belgoroddagi stixiyali yodgorlik

 

Belgorod 30 dekabr kuni o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan stixiyali yodgorlikka gul qo‘yayotgan ayol. Ukraina QK shahar bo‘ylab zarba berishi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan va 108 kishi yaralangan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 yanvar kuni ushbu zarbani terakt deb baholadi va Ukraina bo‘ylab zarbalar ko‘paytirilishini ma’lum qildi.
Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid