Jahon | 11:05 / 03.01.2024
7564
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda 104 nafar rossiyalik shaxmatchi sport fuqaroligini o‘zgartirdi

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlangan ikki yil ichida jami 192 nafar rossiyalik shaxmatchi sport fuqaroligini o‘zgartirgan.

Aleksandra Kostenyuk Foto: Artur Lebedev/ TASS

2023 yilda 104 nafar rossiyalik shaxmatchi sport fuqaroligini o‘zgartirdi, deb xabar berdi spors.ru portali 2 yanvar, seshanba kuni Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) statistik ma’lumotlariga tayanib.

Jahon shaxmatchilari reytingining birinchi yuzligidan Rossiya jamoasini Sanar Syugirov (40-o‘rin), Aleksey Sarana (41-o‘rin), Vladimir Fedoseyev (45-o‘rin), Nikita Vityugov (50-o‘rin), Aleksandr Predke (64-o‘rin), Kirill Alekseyenko (89-o‘rin) va Aleksandra Kostenyuk (ayollar reytingida 11-o‘rin) tark etdi. 

O‘z navbatida, 2023 yilda Rossiya jamoasiga besh nafar sportchi qo‘shildi: Ukraina jamoasidan Yuriy Ayrapetyan va Viktor Filonov, avstraliyalik David Bukata, ozarboyjonlik Kanan Heydarli va qozog‘istonlik Nadejda Iskichekova. 

Shaxmatda sport fuqaroligini o‘zgartirish 

Ukrainaga hujum va undan keyin sportchilarga nisbatan sanksiyalar boshlanganidan buyon ikki yil ichida 192 nafar shaxmatchi Rossiya sport fuqaroligini o‘zgartirdi - 2022 yilda 88 kishi buni amalga oshirdi. Rossiya jamoasi a’zolari FIDE shafeligidagi xalqaro turnirlarda neytral maqomda qatnashadi. 

Spors.ru qayd etishicha, xalqaro shaxmatda sport fuqaroligini o‘zgartirishning soddalashtirilgan tartibi mavjud. Shaxmatchi yangi mamlakat fuqaroligini olishi shart emas, shunchaki u yerda doimiy yashashi va federatsiyaga jamoani o‘zgartirish istagi haqida xabar berishi kerak. 

Mavzuga oid