Surxondaryoda oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Tanga «Petru Bogdanovu 1899» yozuvli, og‘irligi 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bo‘lgan.
Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan XIX asr oxiriga oid oltin tangani sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor tadbirda fuqarolar J.A. va A.J. XIX asr oxiriga oid oltin tangani fuqaro A.Ye.ga 100 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tanga «Petru Bogdanovu 1899» yozuvli, vazni 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 25.09.2024
Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
17:09 / 24.09.2024
“Hamma fermer imzo qo‘yib berishi kerak” - paxta yetishtiruvchilar narxni tushirishga majburlanmoqda
14:28 / 18.09.2024
“Vodorod sulfidi yuqori konsentratsiyada sizib chiqishi kuzatilmadi” – Ekovazirlik
13:34 / 18.09.2024