Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
5-9 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent va Popda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Joriy yilning 5-9 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, jumladan:
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid
23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
19:03 / 18.03.2025
O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
16:42 / 26.02.2025
Toshkent shahri hokimligi daraxtlar qulashi xavfi tufayli aholini ogohlikka chaqirdi
11:47 / 26.02.2025