O‘zbekiston va Italiya hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalasini ko‘rib chiqyapti
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari Italiya elchisi bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Italiya elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirilish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tomonlar turli daraja va shakllardagi qo‘shma tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ham ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
21:34 / 07.10.2024
Italiyada erta qarish sindromiga chalingan 28 yoshli erkak vafot etdi
21:28 / 29.09.2024
Germaniya prezidenti CC jinoyatlari uchun Italiyadan kechirim so‘radi
23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi
11:10 / 21.09.2024