O‘zbekiston | 18:23 / 05.01.2024
40711
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi barcha hokimlar ta’tilga chiqdi 

Ular 9 yanvarga qadar dam oladi va sog‘lig‘ini tiklaydi. 

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi viloyat hokimlari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, shuningdek, shahar va tuman hokimlari ta’tilga chiqdi. 

Hokimlar ayni paytda prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi markaziy klinik shifoxonalarida sog‘lig‘ini tiklamoqda. 

Hokimlarning ta’tili 2 yanvardan 9 yanvariga qadar davom etadi.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yil dekabr oyida mehnat ta’tiliga chiqib, qisqa fursatda ishga qaytgan edi. 

Mavzuga oid