Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik tadqiqodchi o‘zbek tili bo‘yicha darslik yaratdi
Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha yangi o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Darslik 160 sahifadan iborat bo‘lib, boshlang‘ich darajada o‘zbek tilini o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan.
Tokio xorijiy tillar universiteti kichik ilmiy xodimi Xidaka Shinsuke “New Express + Uzbek language” nomli o‘quv qo‘llanma yaratdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qo‘llanma 160 sahifadan iborat bo‘lib, lotin yozuvida yozilgan. Kitob o‘zbek tilini boshlovchilarga grammatika asoslarini o‘zlashtirishi uchun 20 ta boshlang‘ich darajadagi darslarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, o‘quvchilarga og‘zaki so‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kitobning ovozli shakllari ham tayyorlangan.
Xidaka Shinsukening ta’kidlashicha, o‘quvchilar darslikni tugatgandan so‘ng, bemalol O‘zbekistonda tarjimonsiz sayohat qilishlari va biznes tashriflarini amalga oshirishlari mumkin.
Kitob 29 yanvardan boshlab sotuvga chiqariladi.
Ma’lumot uchun, Xidaka Shinsuke 2007 yildan buyon o‘zbek tilini o‘rganib kelmoqda. 2014–2016-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy izlanishlar olib borgan hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “O‘zbekiston-Yaponiya” markazida yapon tilidan dars bergan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025