Toshkentda metro poyezdi texnik nosozlik sababli to‘xtab qoldi
Yo‘lovchilar bekatda tushirilib, nosoz poyezd texnik ko‘rikka olib ketilgan.
2023 yil 7 yanvar kuni soat 16:05 da Toshkent metrosidagi poyezdlardan birida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Yunus Rajabiy” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 63-sonli poyezd vagonlaridan biri tutab ketgan. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezddagi yo‘lovchilar “Yunus Rajabiy” bekatiga tushirilgan.
Poyezd texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi uchun tekshiruv yo‘lagi tomon olib ketilgan. Bekatdagi yo‘lovchilarni manzillariga ortdan kelgan boshqa poyezd olib ketgan.
“Hozirgi vaqtda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda”, deyiladi xabarida.
Avvallari ham Toshkent metrosida turli nosozliklar tufayli poyezdlarning to‘xtab qolishi holatlari bin necha marta kuzatilgandi.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024