Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘uliston tez orada Toshkentda o‘z elchixonasini ochadi
Elchixonada 3 nafar doimiy xodim ishlashi rejalashtirilgan va tegishli xarajatlar mamlakatning 2024 yilgi budjetiga kiritilgan.
9 yanvar kuni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batsetseg Batmonx xonim Mo‘g‘uliston parlamenti raisi Zandanshatar Gombojavga Buyuk Davlat Xuralining Mo‘g‘ulistonning O‘zbekiston poytaxti Toshkentdagi elchixonasini ochish to‘g‘risidagi qarori loyihasini taqdim etdi.
«Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik bozor hisoblangan va 35 milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va yengil sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, shuning uchun biz sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish va diversifikatsiya qilishda hamkorlik qilishimiz kerak. Bu milliy ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlarini hududda ommalashtirish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlarga ega mamlakatdir», deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd qilinishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich o‘sib bormoqda va 2022 yilda 10,4 million AQSh dollariga yetgan. Ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari hamkorlikda 2022 yilda Toshkentda Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasida ishbilarmonlik uchrashuvini tashkil qilgan.
Ta’kidlanishicha, Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasida 3 nafar doimiy xodim ishlashi rejalashtirilgan va tegishli xarajatlar mamlakatning 2024 yilgi budjetiga kiritilgan.
Mavzuga oid
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
23:14 / 22.04.2025
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
21:40 / 15.04.2025