O‘zbekiston | 14:16 / 11.01.2024
3757
2 daqiqa o‘qiladi
Budjet dasturlarini ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda dasturiy budjetlashtirish tizimini realizatsiya qilishda budjet taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, nazorat qilish va samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:
- budjetlashtirish dasturiy tizimini joriy qilishda budjet dasturlarini ishlab chiqish tartibi va muddatlari;
- budjet dasturining maqsadli ko‘rsatkichlari va ularga qo‘yiladigan talablar;
- budjet dasturlarini moliyalashtirish manbalari;
- budjet dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish, shuningdek ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash;
- budjet dasturlarining samaradorligini baholash va ularning realizatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash.
Budjet dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari:
- davlat budjetidan har yilgi ajratmalar doirasida aniq maqsadlar va natijalar asosida sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarni (indikatorlarni) shakllantirish;
- budjet loyihasini tayyorlash va qabul qilishda budjet taqsimlovchilarning moliyaviy mustaqilligini oshirish;
- budjet dasturlarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan budjet taqsimlovchilarning jamoatchilik oldida hisobdorligi;
- ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda belgilangan strategik maqsad va vazifalardan kelib chiqib amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholash.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2024 yil 1 sentabrgacha UzASBO dasturiy kompleksida budjet dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish va amalga oshirish bo‘yicha hisobotlarni elektron shaklda taqdim etish topshirilgan.
Mavzuga oid
13:32 / 22.11.2024
Duma 2025 yilgi budjetni urushga rekord xarajatlar bilan qabul qildi
13:44 / 21.11.2024
2025 yilda budjet taqchilligi qanday qoplanadi?
15:24 / 02.11.2024
Oktyabrda ilk marta davlat budjeti oylik profitsitga chiqdi
18:42 / 30.10.2024