Video: Toshkentda yo‘lovchilar changga to‘la iflos avtobusda tashilmoqda

Foto: Kun.uz
Yunusobod yo‘nalishida harakatlanuvchi 50-avtobusning ichki tozaligi achinarli holatda. 10 yanvar kuni transportning ichi va atroflari chang-g‘uborga to‘lib ketganiga qaramay, u odamlarga xizmat ko‘rsatgan.
Yunusobod yo‘nalishining “Yunusobod 9-dahasi – Chingeldi mahallasi” oralig‘ida harakatlanuvchi 50-avtobusning tozaligiga e’tibor qilinmayotgani aks etgan video Kun.uzʼga kelib tushdi.
Unda transport umuman tozalanmagani, uning o‘rindiqlari, orqa oyna atroflari chang-g‘uborga to‘lib ketganini ko‘rish mumkin. Shu avtobusda bo‘lgan yo‘lovchining aytishicha, holat 10 yanvar kuni kuzatilgan. Hozirda avtobus qanday holatda ekani noma’lum.
Kun.uz videoni “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatiga taqdim etdi. Mas’ullar holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil iyundan boshlab 50-avtobusning yo‘nalishi o‘zgartirilib, uning harakati “Yunusobod 9-dahasi – Chingeldi mahallasi” oralig‘ida tashkil etilgandi. 11 ta jadval asosida 12-13 daqiqalik oraliq interval bilan yo‘lovchilarni tashishi belgilangandi.
Mavzuga oid

10:53
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025