Toshkent metrosida poyezd vagonlaridan birining yoritish chiroqlari o‘chib qoldi
Toshkent metropoliteni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan poyezd vagonlarining birida yoritish qurilmalari o‘chib qolgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 15 yanvar kuni soat 11:51 lar atrofida «Do‘stlik» bekatidan harakatlanayotgan 42-sonli harakat tarkibining 4-vagonidagi elektr bilan ta’minlovchi himoya avtomatida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida vagonning asosiy yoritish chiroqlari o‘chib qolgan.
Harakat tarkibi so‘nggi bekatga borganidan so‘ng, mashinist tomonidan kerakli choralar ko‘rilgan va yoritish tizimi qayta tiklangan.
«Bu holat poyezdlar harakatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:37 / 08.11.2024
Toshkent metrosining 9 ta bekatida pulli hojatxona quriladi
11:28 / 02.10.2024
Bular oddiylaridan tubdan farq qiladi - Toshkent metropoliteni eskalatorlar haqidagi maqolaga munosabat birdirdi
16:57 / 17.09.2024
Toshkent metrosida poyezdning nosoz holati sabab mega tirbandlik yuzaga keldi
20:53 / 06.09.2024