Toshkentda jurnalist Mixail Dovlatovga ochilgan ma’muriy ish tugatildi
Uning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomati yo‘qligi aniqlandi.
«Novosti Uzbekistana» internet-nashri muxbiri Mixail Dovlatovga nisbatan Toshkent shahrida ochilgan ma’muriy ish sud qaroriga ko‘ra tugatildi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidov ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining 2024 yil 16 yanvardagi qaroriga muvofiq Mixail Dovlatov (1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, «Novosti Uzbekistana» internet-nashri muxbiri) harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomati yo‘qligi sababli, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi (ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 1-bandiga asosan tugatilgan.
14 yanvar kuni «Novosti Uzbekistana» (Nuz.uz) nashri muxbiri Mixail Dovlatov jurnalistik surishtiruv olib bormoqchi bo‘lganida Toshkent shahri, Uchtepa tumani huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, jurnalist Uchtepa tumani 11-dahada yashovchi fuqarolardan kelib tushgan so‘rov bo‘yicha vaziyatni yoritishga borgan. Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng, huquq-tartibot idorasi xodimlari uni 2-sonli ichki ishlar idorasiga olib ketishgan va ma’muriy ish qo‘zg‘atishgan.
Mavzuga oid
16:05 / 16.11.2024
“Ma’naviy ekspertiza” axloq pardasi himoyachisimi yoki media makon nazoratchisi? Bahsli mavzuda katta suhbat
13:30 / 01.11.2024
G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 182 nafarga yetdi
10:51 / 28.09.2024
«FSB» uch nafar xorijlik jurnalistga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
16:46 / 26.08.2024