O‘zbekiston | 13:39 / 16.01.2024
2452
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida iste’molchilar elektr ta’minotidan qisman uzildi

Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 16 yanvar kuni soat 12:10 da Toshkent viloyatidagi 110 kVli «Go‘shtkombinat» podstansiyasining transformatorida nosozlik yuzaga kelgan.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Zangiota tumani iste’molchilari qisman (3750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Mavzuga oid