Qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi
Qalin tuman, ko‘rish masofasi pasayishi (250 metr) sababli bir qator reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.
Bugun, 18 yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY602 (Moskva – Toshkent) reysi poytaxt aeroportiga qalin tuman tufayli qo‘na olmadi.
Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qildi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 05:20 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
Shuningdek, mahalliy vaqt bilan soat 05:19 da havoga ko‘tarilgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9613 (Moskva – Toshkent) reysi yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganchdagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 06:42 da Urganch aeroportiga qo‘ndi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY708 reysi (Vladivostok – Toshkent) Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 07:03 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
Centrum Air aviakompaniyasining C67704 (Jidda – Toshkent) reysi ham muqobil aerodromga yo‘l oldi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 07:52 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
«Rossiya» aviakompaniyasining SU6971 (Toshkent – Sankt-Peterburg) reysi Farg‘ona muqobil aerodromiga yo‘l oldi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 10:05 da Farg‘ona aeroportiga qo‘ndi.
Panorama Airways aviakompaniyasining 5P5366 va 5P362 (Madina – Toshkent) reyslari Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. 5P362 reysining taxminiy yetib kelish vaqti mahalliy vaqt bilan soat 10:28 da. 5P5366 reysi Samarqand aeroportiga soat 10:21 da qo‘ndi.
Shuningdek, O‘sh (Qirg‘iziston) aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Kuvaytdan uchayotgan Jazeera Airways aviakompaniyasining J9653 reysi Namangandagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 08:35 da Namangan aeroportiga qo‘ndi.
Mavzuga oid
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
20:33 / 07.10.2024
Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
14:30 / 05.10.2024