O‘zbekiston | 23:44 / 19.01.2024
5557
1 daqiqa o‘qiladi

Quyuq tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Aeroport samolyotlarni qabul qilmayapti, ammo samolyotlarning jo‘nab ketishiga cheklovlar yo‘q. 

Foto: Uzbekistan Airports

19 yanvar kuni kechqurun Toshkentda ob-havo sharoiti o‘zgardi va quyuq tuman tushdi. Bu Toshkent xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qo‘yidi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports. 

Quyuq tuman sabab ko‘rish masofasining pasayishi (150 metr) «Toshkent» xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishni chekladi. 

Jumladan, Qanot Sharq aviakompaniyasining HH2234 (Fukuok – Toshkent) reysi Samarqandga yo‘naltirildi. 

Silk Avia aviakompaniyasining US802 (Buxoro – Toshkent) reysi ham Samarqandga yo‘l oldi. 

Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-212 (Riga – Toshkent) reysi ham Samarqandga yo‘naltirildi. 

Toshkent aeroportidan samolyotlarning jo‘nab ketishiga cheklovlar yo‘q. Parvozlar rejaga asosan amalga oshirilmoqda.

 

Mavzuga oid