Jahon | 10:53 / 20.01.2024
5044
3 daqiqa o‘qiladi

Kuleba: g‘arb Rossiyaning qurol ishlab chiqarishiga to‘sqinlik qilishi kerak

Agar Rossiya sanksiyalardan qochishi bo‘yicha barcha yashirin sxemalar va bo‘shliqlar kuzatilsa va butunlay yopilsa, Ukraina kamroq yordamga muhtoj bo‘ladi va kamroq odamlarni yo‘qotadi, dedi TIV rahbari.

Foto: Picture Alliance

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba g‘arb davlatlarini Rossiyada qurol ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar yetkazib berish zanjirini uzib, asosiy komponentlarni sotib olishni davom ettirish imkonini beruvchi bo‘shliqlarni yopishga chaqirdi. «G‘arb Rossiyaning qurol ishlab chiqarish qobiliyatini bostirishga jiddiy kirishishi kerak», deb yozdi Kuleba X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida 19 yanvar, juma kuni.

U Ukrainada yo‘q qilingan Rossiya qurollarida topilgan xorijda ishlab chiqarilgan muhim tarkibiy qismlarning 95 foizi g‘arb davlatlaridan kelgani haqidagi dalillarni keltirdi. Bu hukumatning emas, balki xususiy kompaniyalarning xatti-harakatlari, deya aniqlik kiritdi TIV rahbari va Rossiya Federatsiyasiga kiruvchi eksport harbiy tovarlar emas, balki ikki maqsadli mahsulotlar, fuqarolik mahsulotlari va hatto maishiy texnika hisoblanishini bildirdi. 

«Ular nima bo‘lishidan qat’iy nazar, oxir-oqibat Ukrainaga urush jinoyatlarini sodir etish, odamlarni o‘ldirish va muhim infratuzilmani yo‘q qilish uchun boradi, dedi Kuleba. - Agar sanksiyalardan qochish bo‘yicha barcha yashirin sxemalar va bo‘shliqlar aniqlansa, Ukraina kamroq yordamga muhtoj bo‘ladi va kamroq odamlarni yo‘qotadi».

TIV rahbari ta’kidlaganidek, Rossiyaga tegishli komponentlarni yetkazib berishni to‘xtatish xususiy va davlat sektorlari tomonidan keng ko‘lamli, muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab qiladi. «Ammo bu Ukrainadagi ko‘plab tinch aholining hayotini saqlab qoladi va Rossiya harbiy mashinasini ishdan chiqaradi», deb ta’kidladi Kuleba. 

Rossiyaning g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishi

Kiyev iqtisodiyot instituti va Yermak-Makfol xalqaro sanksiyalar guruhi ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-oktyabr oylarida AQSh, YeI, Britaniya va Ukrainaning boshqa hamkorlari jangovar operatsiyalarda ustuvor deb belgilagan Rossiya tovarlari importi 8,77 milliard dollarga yetgan - bu sanksiyalar joriy etilishidan oldingidan atigi 10 foizga kam. Rossiya harbiy sanoati uchun muhim hisoblangan barcha tovarlar uchun bu ko‘rsatkich yanada yuqori - 22,23 milliard dollar.

11 yanvarda e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, Rossiya hujumidan so‘ng Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar koalitsiyasi urush olib borish uchun muhim resurslardan mahrum qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadigan mahsulotlar, jumladan, ikki tomonlama maqsadli mahsulotlarga misli ko‘rilmagan nazorat o‘rnatdi. Biroq, Rossiya uchinchi davlatlardan foydalanib, sanksiyalarni chetlab o‘ta oldi. 

Mavzuga oid