Donetskda bozorga zarba berildi. Asosiy ma’lumotlar
Kamida 27 kishi halok bo‘lgan. OAV bu hujumni Donetsk uchun urushning 10 yilidagi «eng qonlisi» deb atamoqda.
Donetsk yoppasiga o‘qqa tutilgani haqida «DXR» ma’muriyati 21 yanvar tongida xabar berdi. Anneksiya qilingan shahar meri Aleksey Kulemzin mahalliy vaqt bilan soat 10:20 atrofida zarba ostida qolgan «Merkuriy» bozori joylashgan Kirov rayoni aholisini boshpanalarini tark etmaslikka chaqirdi.
15 daqiqa vaqt o‘tib Kulemzin Kirov rayoni o‘qqa tutilishi oqibatida jabrlanganlar borligini xabar qildi, yana yarim soat vaqt o‘tganidan keyin esa — Ukraina qurolli kuchlari tomonidan uchirilgan snaryadlar «Tekstilshchik mikrorayonining savdo markazlari joylashgan gavjum joyiga tushgani»ni aytdi. O‘sha xabarida Donetsk meri ilk qurbonlar haqida ma’lum qildi.
Keyingi bir necha soat davomida Kulemzin hamda «DXR» rahbari Denis Pushilin zarba qurbonlari soni oshib borayotgani haqida xabar berib turdi. Avvaliga sakkiz nafar qurbon borligi aytilgandi, keyin — 12, 13, 18 va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 27. «Voyna Glazami Jurnalista» telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar ro‘yxatidagi 27 kishining hammasi ham zarba vaqtida ushbu bozor hududida bo‘lmagan. Kamida bir kishi xuddi shu Kirov rayonidagi ko‘p qavatli turar joy binosi hovlisiga zarba kelishi oqibatida halok bo‘lgan.
Yana kamida 20 kishi, jumladan ikki bola jarohatlangan, Pushilinning ma’lumotiga ko‘ra, bolalarning ahvoli o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda. Og‘ir ahvoldagi yaradorlar ham bor, ko‘pchilikda hayotiy muhim organlar sohasiga chuqur kirib borgan jarohatlar qayd etilgan, ayrimlarning qo‘l-oyog‘ini kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan. «Jabrlanganlardan uch nafari, afsuski yashab keta olmadi», — deya aniqlik kiritgan Pushilin. U 22 yanvarni «DXR»da motam kuni deb e’lon qilgan.
«DXR» rahbarining ma’lumotiga ko‘ra, bozor joylashgan kvartal bo‘ylab «Kuraxove va Krasnohorivka yo‘nalishlaridan 152 va 155 millimetr kalibrli stvolli artilleriya qurollarining kombinatsiyalangan zarbalar» yo‘llangan. Pushilin va Kulemzin qasddan fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutishda ayblagan Ukraina qurolli kuchlari hozircha bu ma’lumotni izohlamagan. «Vajniye istorii»ga ko‘ra, Donetskdagi bozor , Ukraina QKning Kuraxove va Krasnohorivka shaharlaridagi pozitsiyalaridan «stvolli artilleriya zarbalari yetib boradigan masofa»da joylashgan.
RF tashqi ishlar vazirligi Donetsk o‘qqa tutilishi yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik zarbani «Rossiyaning tinch aholisiga nisabatan varvarlarcha terrorchilik akti» deb baholab, bu «G‘arbning ukrainalik qo‘g‘irchoqlar qo‘li bilan RFni „strategik mag‘lubiyat“ga uchratishga bo‘lgan istagi»dan kelib chiqqanini bildirdi. TIV «xalqaro tuzilmalar va hukumatlarni zarbani qoralash»ga chaqirgan, shuningdek Ukraina hukumatini «diplomatik metodlar bilan tinchlik va barqarorlikka erishish uchun siyosiy iroda yo‘qligi»da ayblagan. Vazirlik versiyasiga ko‘ra, bu yana bir bor «maxsus harbiy amaliyotning barcha maqsadlariga erishish zarurligi»ni ko‘rsatmoqda.
Donetsk bo‘ylab zarba 22 yanvar kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrov ishtirokida kechadigan BMT Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishidagi asosiy mavzulardan biri bo‘ladi, deb xabar qilgan RF doimiy vakolatxonasi.
Zarbaning asosiy nishoniga aylangan «Merkuriy» bozori, «Yandeks.Karty» servisidagi izohlarga qaraganda, mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan, aholi bu joyni oziq-ovqat va kiyim-kechaklar narxi arzonligi uchun maqtashgan.
«Vajniye istorii» qayd etishicha, 21 yanvar kungi hujum, katta ehtimol bilan Donetsk uchun 2014 yildan buyon davom etayotgan urushdagi eng qonli hujum bo‘ldi. Nashr tinch aholi orasidagi qurbonlar soni ko‘pligi bo‘yicha solishtirish uchun 2022 yil 14 martdagi raketa zarbasini keltirgan. O‘shanda Donetsk markaziga «Tochka-U» raketasi uchib kelgan, bunda tomonlar bir-birini ayblagandi. «DXR» rasmiylariga ko‘ra, o‘sha hujum oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan. BMT esa 15 kishining o‘limini qayd etgan.
Mavzuga oid
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ishontirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
19:02 / 10.11.2024