O‘zbekiston | 08:48 / 24.01.2024
10621
1 daqiqa o‘qiladi

Olis va chekka hududlar ro‘yxatiga yangi joylar kiritildi

Farg‘ona tumanidagi «Hosilot» MFY va Rishton tumanidagi «Cho‘ng‘ara» MFY boshqa tumanlardan kelgan pedagog xodimlarga bazaviy tarif setkasiga maxsus ustamalar to‘lanadigan joylar ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga ijtimoiy soha xodimlarining ish haqiga har oylik ustamalar to‘lanadigan olis va chekka hududlar ro‘yxatini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Shu tariqa, Farg‘ona tumanidagi «Hosilot» MFY va Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi «Cho‘ng‘ara» MFY boshqa tumanlardan kelgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlariga bazaviy tarif setkasiga maxsus ustamalar to‘lanadigan joylar ro‘yxatiga kiritilgan.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.01.2024 yildan kuchga kirdi.

Shuningdek, ro‘yxatda Qashqadaryo viloyatidagi Chiroqchi tumani va Ko‘kdala tumanlari alohida ajratildi hamda tumanlardagi mahalla fuqarolari yig‘inlari nomi yangi MFY bilan to‘ldirildi.

Mavzuga oid