Hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish tizimi joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
Prezident qaroriga muvofiq shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab chiqish tizimi joriy etilmoqda.
Master-rejalar yoki batafsil rejalashtirish loyihalari hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyihaviy yechimlarni o‘z ichiga oladi.
Hujjat bilan Hudud master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- hudud master-rejasini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar;
- master-rejani kelishish va tasdiqlash tartibi;
- hudud master-rejasini moliyalashtirish manbalari.
Master-reja quyidagi hollarda ishlab chiqiladi:
- hududning shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmaganda;
- hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan yetarlicha foydalanilmaganda;
- master-reja asosida bo‘sh yer uchastkasi auksionga qo‘yilganda;
- qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va xo‘jalik maqsadidagi yerlar toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda.
Batafsil rejalashtirish loyihasi, qurilish loyihasi va ushbu hududning dizayn-kodi bilan birga ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan master-reja shaharsozlik hujjati sifatida qabul qilinadi.
Shaharsozlik hujjati sifatida ishlab chiqilgan master-rejani tasdiqlash vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:54 / 24.07.2024
Ukrainada hududlardan voz kechishga tayyor bo‘lganlar ulushi ortdi
08:01 / 15.07.2024
Yer uchastkalari loyihalar master-rejalariga muvofiq realizatsiya qilinadi
07:52 / 20.04.2024
O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud ma’lum bo‘ldi
10:50 / 20.03.2024