O‘zbekiston | 16:58 / 24.01.2024
10658
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘ztransgaz” AJ 2023 yildagi faoliyati yakunlarini e’lon qildi

Buxoro shahri va tumanidagi 30 ming aholi xonadoni hamda 17 ta sanoat korxonasining tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi.

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2018 yil ishga tushirilgan “Sheyxoncha” gaz taqsimlash stansiyasida olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida “Aksa Energi” elektr stansiyasi uchun yana 1ta qo‘shimcha tarmoq qurilib, ularning soni 3taga yetkazildi. Endilikda aholi va sanoat korxonalariga alohida tartibda tabiiy gaz uzatilyapti. Bu esa mahalliy aholining barqaror tabiiy gaz ta’minotini kafolatlashi bilan ahamiyatli.

Foto: O‘ztransgaz

Surxondaryoning 6 hududida tabiiy gaz uzluksizligi ta’minlandi

Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Sherobod tumanlari iste’molchilarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlash maqsadida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan “Termiz” magistral quvuriga parallel ravishda 46,5 km uzunlikdagi “Termiz-2” magistral quvurini qurish loyihasining 31 km qismi ishga tushirildi. Natijada 62 mingdan ortiq aholi xonadoni hamda mingdan ziyod ulgurji iste’molchilarni 2024-2025 yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Oqqo‘rg‘onda 6 mingga yaqin xonadon va ulgurji iste’molchilari uchun alohida tarmoq qurildi

Oqqo‘rg‘on tuman aholisiga tabiiy gaz “Bo‘ka” gaz taqsimlash stansiyasidan berilgan. 19 mingdan ortiq iste’molchisi bo‘lgan hudud uchun esa bu muammo edi. Energetika vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan “Olimkent Avto Reys” Gsga qurib bitkazilgan yangi tarmoqqa Oqqo‘rg‘onning “Sultonobod”, “S.Tegizboyev”, “S.Rahimov”, “Qo‘rg‘oncha”, “Birlik” va “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 5640 ta aholi xonadoni hamda 147 ta ulgurji iste’molchi o‘tkazildi. Natija esa raqamlarda: gaz uzatish masofasi 16 kilometrga qisqargan, bosim ikki barobarga ortgan.

Vodiyda nima gaplar...

Vodiy aholisini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlash maqsadida 2023 yilda gazni yer ostida saqlash ombori hajmini oshirishga qaratilgan loyiha doirasida 6 ta quduq burg‘ilandi. Mazkur loyiha yakunlanishi bilan ombordan kunlik tabiiy gaz olish hajmi 9 ming metr kubdan 12 ming metr kubgacha yetkaziladi.

Farg‘ona vodiysining gaz tizimi yaxlit bir halqa shaklida. Yagona tarmoqda nosozlik yuzaga kelsa, qolgan iste’molchilar favqulodda gazsiz qolishi mumkin. Ayni muammoga yechim sifatida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 39 km uzunlikdagi “Rishton aylanmasi” qurildi.

Aholini barqaror elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida

Mamlakatimizda elektr energiya ta’minoti yaxshilash maqsadida Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurilgan. Ayni obektni tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlash maqsadida joriy yilda “Shirin” gaz taqsimlash stansiyasida 4,7 kilometr uzunlikdagi magistral gaz quvuri qurildi, loyihaviy quvvati oshirildi. Shuningdek, issiqlik elektr stansiyasi uchun 2 ta gaz tozalash uskunasi, 2 ta gaz bosimini rostlovchi qurilma, 3 ta gaz o‘lchov moslamasi, yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifatini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ravishda 2 dona tabiiy gazni yuqori darajada tozalovchi qurilma o‘rnatildi.

Kunlar sovishi bilan aholining energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida “Binokor” gaz taqsimlash stansiyasidan Toshkent issiqlik markaziga belgilangan prognozga nisbatan kam tabiiy gaz yetkazib berilgan. Buning asosiy sababi esa tarmoqda boshqa iste’molchilarning mavjudligi edi. “O‘ztransgaz” AJ tomonidan olib borilgan ishlar natijasida issiqlik ta’minoti tarmog‘i boshqa iste’molchilardan ajratilib, issiqlik markaziga ko‘proq hajmdagi tabiiy gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

2023 yildagi eng muhim loyiha

Shimoldan import va tranzit gazni qabul qilish, uni “Buxoro-Ural” va “Gazli-Nukus” gaz quvurlari orqali respublikaning janubiy qismiga uzatish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi. Uning doirasida gaz o‘lchash stansiyasi qurib ishga tushirildi. “Qoraqalpog‘iston” va “Akchalok” kompressor stansiyalaridagi keng qamrovli ta’mirlash ishlari natijasida qariyb 10 yildan beri ishlamay turgan 9 ta gaz haydash agregatining ish qobiliyati tiklandi. “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurida 22 km yangi – IV tarmoq qurib ishga tushirildi. “Buxoro-Ural” 3 ta tarmog‘i hamda “Xiva- Beyneu”da 22,3 km quvur kapital ta’mirlandi.

Raqamlashtirish

Tabiiy gazni 64 ta texnologik parametr bo‘yicha tadqiq qilishi ko‘zda tutilgan raqamlashtirish dasturi doirasida 2023 yilda tarmoqdagi 1277 ta gaz hisoblash uskunasi avtomatlashtirilgan tizimga ulandi.

"O‘ztransgaz" AJ iste’molchilarga gaz yetkazib berishda bu kabi choralarni davom ettiradi.

Mavzuga oid