Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishini uzil-kesil ma’qulladi
Prezident Erdo‘g‘an bu haqdagi hujjatni imzoladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an parlament tomonidan Shvetsiyaning NATO a’zoligini ratifikatsiya qilish haqida qabul qilingan qarorini tasdiqladi.
Turkiya parlamenti bosh assambleyasi 23 yanvar kuni Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz bergan edi.
Shundan so‘ng, Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson «Bugun biz NATO to‘laqonli a’zosi bo‘lishga bir qadam yaqinlashdik», dedi.
Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi munosabati bilan 2022 yilda NATO a’zoci bo‘lish uchun ariza topshirdi. Turkiya Shvetsiyani «terrorchi» kurd faollarini qo‘llab-quvvatlashda ayblab, shu paytgacha NATO a’zosi bo‘lishini ma’qullamay kelayotgandi. Uzoq davom etgan muzokaralar va shartlarni muhokama qilishdan so‘ng tomonlar murosaga keldi.
Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishiga Vengriya ham qarshilik qilmoqda. Ammo mamlakat bosh vaziri Viktor Orban parlamentdan Shvetsiya arizasini «imkon qadar tezroq» ratifikatsiya qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025