O‘zbekiston | 11:19 / 27.01.2024
4206
1 daqiqa o‘qiladi
Bojxona qo‘mitasi yo‘l harakati sohasidagi maxsus vakolatli organlar qatoriga kiritildi
O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 19 yanvardagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonuni bilan Bojxona qo‘mitasi ham yo‘l harakati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari qatoriga kirdi.
Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, quyidagilar Bojxona qo‘mitasining yo‘l harakati sohasidagi vakolatlari hisoblanadi:
- bojxona postlari hududlarida yo‘l harakatini tashkil etish;
- bojxona postlari hududlarini yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan ta’minlash;
- chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va haydovchilari O‘zbekiston hududida yo‘l harakati qoidalarini buzgan transport vositalarini O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketayotgan haydovchilardan yoki boshqa shaxslardan O‘zbekiston hududida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan jarimalar undirilishini ta’minlash.
Bojxona qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qonun 2024 yil 21 iyuldan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024