Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada 4 kunlik ish haftasi sinovdan o‘tkaziladi
1 fevraldan e’tiboran Germaniyada 4 kunlik ish haftasining 6 oylik sinov davri boshlanadi. Loyihada 45 ta kompaniya ishtirok etmoqda.
Germaniyada mehnat bozoridagi inqiroz tufayli 4 kunlik ish haftasi sinovdan o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Bloomberg.
1 fevral kuni mamlakatda 4 kunlik ish haftasining 6 oylik sinov davri boshlanadi. Loyihada 45 ta kompaniya ishtirok etmoqda.
Tajriba tugaganidan keyin, ish haftasini qisqartirish ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir qiladimi yoki yo‘qligi aniqlanadi. Loyiha mehnat bozori inqirozi fonida iqtisodiyotni tiklash maqsadida ishga tushirilmoqda.
Qayd qilinishicha, agar ish kunlarining soni qisqartirilsa, xodimlarning ish haqi avvalgidek qoladi. Tajribada ishtirok etayotgan kompaniyalardan biri rahbari Soren Frikning ishonchi komilki, 4 kunlik dastur xodimlarning motivatsiyasi va samaradorligiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025