Zelenskiy Ukraina armiyasi askarlari sonini aytdi
Mamlakat prezidenti o‘z armiyasini millionlik deb atadi.
Ukraina armiyasi soni 880 ming kishi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Bizda 880 ming askar bor. Armiyamiz millionlik. Shu bilan birga, bizda hozir 30 million odam ishlamoqda va ehtimol undan ham ko‘proq. Men aniq raqamni ayta olmayman», dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan keyin qancha ukrainalik mamlakatni tark etgani hozircha ma’lum emas. Zelenskiy taxminan 6,5-7,5 million kishi deb hisoblamoqda.
2023 yil dekabrida Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlarida 600 ming kishi xizmat qilishini aytgan edi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina frontida 600 mingdan ortiq rossiyalik jang qilayotganini ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
17:12
Shimoliy Koreya Rossiyani qo‘llash uchun Ukrainaga harbiylarini yuborishi mumkin
14:38
«Ukrainasiz bo‘lsa - yo‘q». Harris urushni yakunlash masalasida Putin bilan bevosita muzokara olib bormasligini aytdi
12:20
RFda 72 yoshli amerikalik yollanma faoliyat uchun salkam 7 yilga qamaldi
11:00