Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil HAMAS tomonidan garovga olinganlarning 31 nafari halok bo‘lganini tasdiqladi
Garovda yana 80 nafar isroillik qolgani taxmin qilinmoqda.
Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) HAMAS asirligida qolgan 136 kishidan 31 nafari halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda TsAHAL spikeri Daniel Hagariy ma’lumot berdi.
Bir kun avval The New York Times Isroil razvedkasiga tayanib, garovga olingan 32 nafar isroillikning o‘limi haqida yozgan edi. Ularning 30 nafari 7 oktyabrda boshlangan HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urush paytida, 2 nafari esa 2014 yilda, avvalgi mojaro paytida halok bo‘lgan va shundan beri ularning jasadi G‘azo sektorida saqlanmoqda.
Hagariyning aniqlik kiritishicha, hozirgacha garovga olingan 29 nafar isroillik va 2014 yilda o‘g‘irlab ketilgan ikki askar o‘limi tasdiqlangan, ularning oilasi bundan xabardor qilingan.
Isroil razvedkasining hali tasdiqlanmagan ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS asirligida yana kamida 20 nafar isroillik o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, tirik qolganlar 80 ga yaqin ekani taxmin qilinmoqda.
Misr rasmiylariga ko‘ra, HAMAS vakillari garovga olinganlarning qanchasi o‘lganini bilmasligini aytgan. Bundan tashqari, ular garovdagilar Isroil havo zarbalari oqibatida halok bo‘lganini ta’kidlamoqda.
7 oktyabr kuni HAMAS harakati Isroilga hujumi paytida 240 nafardan ortiq odamni garovga olgan edi. 2023 yil noyabr oyi oxirida Isroil va HAMAS vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi va mahbuslar bilan garovdagilarni almashishdi. Bitimga ko‘ra, 300 nafardan ortiq falastinlik Isroil qamoqxonalaridan qo‘yib yuborildi. HAMAS esa garovdagi 105 nafar isroillikni ozod qildi. 1 dekabr kuni G‘azo sektorida janglar qayta boshlandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025