Oston O‘runov Eron klubiga o‘tdi. Futbolchining maoshi ochiqlandi
O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Oston O‘runov Osiyo kubogidagi ishtirokidan keyin faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
23 yoshli hujumkor yarimhimoyachi «Persipolis» klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. O‘runov 2023 yil oxirida «Navbahor»ni tark etgandi va eronliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
«Oston O‘runov – qizil armiya askariga aylandi», - deyiladi Tehron klubi rasmiy sayti xabarida.
Shuningdek, fors klubi O‘runovning Osiyo kubogidagi ishtiroki va JCh-2026 saralashi doirasidagi O‘zbekiston – Eron o‘yinida gol va assistga mualliflik qilganini yodga olgan.
Rossiyalik insayder Ivan Karpovning yozishicha, o‘zbekistonlik futbolchi 1,5 yillik shartnomaga ko‘ra, Tehron klubida umumiy 900 ming AQSh dollari maosh oladi. Bu oyiga 50 ming dollar maoshni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, «Persipolis» Eron chempionatida 15-turdan keyin 3-o‘rinda bormoqda. Klub 30 ochko bilan peshqadam «Istiqlol»dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, milliy jamoamizning Osiyo kubogidagi ishtirokidan keyin Jaloliddin Masharipov ham Eronning «Istiqlol» klubiga ko‘chib o‘tgandi.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024