Shamol 130 mingdan ortiq iste’molchini elektrsiz qoldirdi
Kuchli shamol tufayli Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga keldi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7 fevral soat 7:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol ba’zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta iste’molchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta iste’molchi) quvvat bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Vazirlikka ko‘ra, hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Oldinroq noqulay ob-havo oqibatida Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining 10 mingdan ortiq iste’molchisi tarmoqdan uzilgandi.
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
09:31 / 20.11.2024
Jizzaxda ikki bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
08:51 / 20.11.2024