O‘zbekiston | 18:20 / 08.02.2024
18373
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi

Mirobod tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida uchala mashina haydovchilari hamda bir yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati

8 fevral kuni soat taxminan 15:45 da Toshkent shahri markazida, Mirobod va Nukus ko‘chalari kesishmasida uchta yengil avtomobil — Matiz, Kia va Zeekr ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHXB Mirobod tumanida ro‘y bergan YTH yuzasidan dastlabki ma’lumotni taqdim etdi.

To‘qnashuv oqibatida Zeekr trotuarga chiqib ketgan, Kia esa trotuar yoqasidagi gazonga chiqib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda barcha mashinalar jiddiy shikastlangani, eng jiddiy holat Zeekr avtomobili bilan ro‘y berganini ko‘rish mumkin.

IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchala avtomobil haydovchilari (Kia haydovchisi, 1979 yilda tug‘ilgan V.K; Matiz haydovchisi, 1959 yilda tug‘ilgan R.R; Zeekr haydovchisi shaxsiga oydinlik kiritilmoqda) hamda Zeekr yo‘lovchisi shifoxonaga olib borilgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Fotosuratlardan ko‘rish mumkinki, YTHga bir yoki bir necha avtomobil yuqori tezlikda harakatlangani sabab bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid