Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada faqat bir kishi yashaydigan qishloqlar topildi
Shuningdek, 2 va 3 kishi yashaydigan qishloqlar ham aniqlandi.
Turkiyada faqat bir kishi istiqomat qiladigan uchta qishloq aniqlandi, deb yozdi Türkiye gazetasi Statistika instituti (Türkstat) ma’lumotlariga tayanib.
Qayd qilinishicha, Turkiya Respublikasining tashkil topganiga 100 yil to‘lgan 2023 yilda mamlakat aholisi o‘tgan yilga nisbatan 92 ming 824 kishi ortib, 85 million 372 ming 377 kishini tashkil etdi.
«Bitlisning markaziy mintaqasidagi Qoyalibog‘, Qurtalan tumanidagi Chottepe va Guchluqo‘noq tumanidagi Og‘ochyurdu eng kam aholi yashaydigan joylar sifatida belgilandi – har birida 1 kishi», deb yozdi nashr.
Shuningdek, Qalfalar qishlog‘ida 2, Chevizduzu qishlog‘ida 3, Magarako‘y, Oqimli, Qozobot, Dilekli, Evyopon va Kovanagzi qishloqlarida 4 kishi yashashi aniqlangan.
«Ushbu qishloqlar eng kam aholiga ega aholi punkti sifatida tasniflangan», deb yozdi gazeta.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025