Jahon | 15:59 / 08.02.2024
18300
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab yangi zarba oqibatlari va frontdagi «Vampir». Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 714-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi. Kiyev, Mikolayiv, Xarkiv va Ukrainaning boshqa shaharlari zarba ostida qoldi. Tinch aholi vakillaridan 40 kishi jarohatlanib, besh kishi halok bo‘lgan.
  • Oliy rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. U harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 27 dan 25 ga tushirishni, shuningdek, elektron chaqiruvni joriy etishni va muddatli harbiy xizmatni bekor qilib, uni bazaviy umumqo‘shin tayyorgarligi bilan almashtirishni nazarda tutadi.
  • Norvegiya «Vagner» XHKning sobiq jangchisi Andrey Medvedevga boshpana berishdan bosh tortdi, ammo unga mamlakatda qolishga ruxsat berilgan. Bu qaror Medvedev RF muntazam armiyasida xizmat qilmagani va uni muntazam harbiy harakatlarda ishtirok etganlik uchun jazolab bo‘lmasligiga asoslangan.
  • Shvetsiya prokuraturasi «Shimoliy oqim»dagi portlashda mamlakat fuqarolarining aloqadorligi belgilarini topmadi va bu ish bo‘yicha surishtiruvlarni rasman to‘xtatdi
  • «DXR» sudi 33 nafar ukrainalik harbiylarni 27 yildan 29 yilga qadar bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etdi. Ular Donetsk oblastini o‘qqa tutishda ayblangan.
  • RF mudofaa vazirligi xabar berishicha, Belgorod «Vampir» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutilgan. Ikki kishi jabrlangan.

Kiyev bo‘ylab zarba oqibatlari

7 fevral tongida Rossiya qo‘shini Kiyev va Ukrainaning boshqa regionlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi. Mahalliy rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida mamlakat bo‘ylab jami besh kishi halok bo‘lgan (Kiyevda to‘rt, Mikolayivda — bir kishi) va 40 kishi jarohat olgan.

Kiyev harbiy ma’muriyati boshlig‘i Sergey Popkoning xabariga ko‘ra, shaharda havo trevogasi uch soatga yaqin davom etgan. Uning aytishicha, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari shahar ustida va uning atrofidagi hududlarda «yigirmaga yaqin» raketani urib tushirgan. Raketa qoldiqlari tushishi oqibatida Kiyevning ayrim hududlarida jiddiy vayrongarchiliklar qayd etilgan.

Poytaxt meri Vitaliy Klichkoning ma’lumotiga ko‘ra, shaharda tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi halok bo‘lib, 35 kishi jarohatlangan, ular orasida homilador ayol ham bor. Yong‘in ro‘y bergan ko‘p qavatli uydan 52 kishi evakuatsiya qilingan.

Volodimir Zelenskiy Ukraina «Rossiyaga albatta javob qaytarajagi»ni ma’lum qildi. «Terrorchilar hamisha o‘z harakatlari oqibatlarini o‘z tanasida his qilishadi», — deya qayd etgan u.

Kiyevda Rossiya raketasi parchalari tushishi oqibatida qisman vayron bo‘lgan ko‘p kvartirali uy
Maxym Marusenko / NurPhoto / Getty Images
Goloseyevskiy rayonidagi 18 qavatli uyda chiqqan yong‘in
Aleksandr Gusev/SOPA Images via ZUMA Press Wire
Sud-tibbiy ekspertlar qurbonlarning jasadlarini ko‘zdan kechirmoqda
Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Kiyevning Goloseyevskiy rayonida yashovchi ayol raketa zarbasidan keyin
Eugen Kotenko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Hujumdan keyin ta’mirlash ishlari
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya raketa zarbasi natijasida vayron bo‘lgan yuqori voltli liniyani tiklayotgan energetik
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi ukrain dron operatorlari 

Ukraina hududiy mudofaa kuchlari 108-alohida brigadasi harbiy xizmatchisi pikapdan «Vampir» dronini tushirmoqda. Ukrainlar tomonidan ishlab chiqarilgan bu dron 15 kilogrammgacha bo‘lgan yuk bilan havoga ko‘tarilishi mumkin, shuningdek termografik kamera bilan jihozlangan, bu unga kunning qaysi bo‘lishidan qat’i nazar obektning batafsil tasvirini olishga imkon beradi.
Yurii Rylchuk / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Dronlar operatori «Vampir» dronini uchirishga tayyorlanmoqda
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ABACAPRESS.COM / Scanpix / LETA
«Vampir» droni ukrainlarning Zaporijjya oblastidagi pozitsiyalari ustidan uchmoqda
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ABACAPRESS.COM / Scanpix / LETA

Taker Karlson Moskvada

Amerikalik ultrao‘ng teleboshlovchi va Donald Trampning mashhur tarafdorlaridan biri Taker Karlson Moskvaga keldi. Uning tashrifidan maqsad — Vladimir Putindan intervyu olish (buni Kreml ham tasdiqlagan). Karlson amerikaliklarning ko‘pchiligi u haqda yaxshi bilmagani, shuningdek Rossiya va Ukrainada «aslida nimalar bo‘layotgani»dan bexabarligi tufayli Rossiya prezidenti bilan gaplashishga qaror qilganini aytgan. U g‘arbdagi nashrlar urush borasida «o‘z o‘quvchilari va tomoshabinlarini aldayotgani»ni aytgan. Intervyu 9 fevral kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Maksim Blinov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid