Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Mercedes-Benz qarzdorlik sabab auksionda sotiladi
Avtomobil 1 mlrd so‘mga baholangan va onlayn-auksionga chiqarilishi ta’kidlanmoqda.
Toshkentda Mercedes-Benz avtomobili yuridik shaxsning qarzini qoplash uchun auksionda sotiladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudning 2023 yil 18 sentabrdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor V.M. korxonasidan undiruvchi Agrobank ATB Toshkent shahar filiali foydasiga 4 mlrd so‘mdan ortiq qarzni undirish va qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan Mersedes-Benz GLE450 rusumli avtomobilga qaratish belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida garovdagi avtotrasnport vositasi xatlanib, 1 mlrd 24 mln so‘mga baholangan. Ta’kidlanishicha, avtomobilni onlayn-auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025