Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 755 ming dollarni chetga noqonuniy olib chiqqanlar ushlandi
Shuningdek, ular 3,7 mlrd so‘m subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Bog‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.E.” MChJ mas’ul shaxslarining noqonuniy ishlari aniqlangan.
Jumladan, “B.E.” MChJ qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilib, MChJning eksport mahsulotlarini tashishda transport xizmatlarini mahalliy transport korxonalari tomonidan ko‘rsatgan bo‘lsa-da, “E.I.” xorijiy korxonasi bilan transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzishga erishgan.
So‘ng ushbu korxonaga 755 ming dollar o‘tkazib, pulni chetga noqonuniy olib chiqqan. Shuningdek xalqaro transport yuk xatlarini soxtalashtirish yo‘li bilan jami 3,7 mlrd so‘m subsidiya mablag‘larini olishga erishib, pullarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025