Kupyansk yo‘nalishiga borgan Zelenskiy va front yaqinidagi ko‘ngillilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 726-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya mudofaa vazirligi Avdiyivkadagi kokskimyo zavodi ham egallanganini e’lon qildi.
- Ukraina hukumati Avdiyivkada va Vesele qishlog‘i hududida ukrain harbiylari o‘ldirilgani yuzasidan tekshiruv boshladi.
- Estoniya bosh vaziri Kay Kallas RFning muzlatilgan aktivlarini AQShda 2023 yil noyabridagi saylovlarga qadar musodara qilishga chaqirdi.
- RF mudofaa vazirligi radiatsiya qo‘shini «LXR» rahbari Leonid Pasechnik 2023 yil oxirida zaharlangani haqida xabar qildi.
- Yaponiya Ukrainaga 12,1 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam taqdim etdi.
- Ispaniyada Maksim Kuzminov ism-sharifli shaxs jonsiz qoldi topildi, u Rossiya vertolyotini Ukrainaga olib qochgan uchuvchi bo‘lishi mumkin. Ukraina bosh razvedka boshqarmasi rossiyalik uchuvchining o‘limi to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlagan.
Zelenskiy va Xarkiv oblastidagi ukrain askarlari
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kupyansk yo‘nalishida jang qilayotgan knyaz Roman Velikiy nomidagi 14-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning batalyon qo‘mondonlik punktida ukrain harbiylari bilan uchrashdi. Bu hududda Ukraina qurolli kuchlari RF armiyasi hujumini sekinlashtirish uchun 2023 yil kuzida yangi mudofaa liniyasi qurgandi. Volodimir Zelenskiy 2023 yil dekabrida uni butun Ukrainadagi «eng kuchlisi» deb atagandi.
«Brigada komandiri bilan muhim masalalarni muhokama qildik, askarlar bilan suhbatlashdik, ularga mukofotlarni topshirdik. Himoyachilarimiz bilan birga bo‘lish — hamisha sharafli», — degan Zelenskiy o‘z telegram-kanalida safar haqida.
Razvedka dronlari qo‘llayotgan ukrain askarlari
Front bo‘yidagi qishloqlardan jonivorlarni olib chiqayotgan ko‘ngillilar
Mavzuga oid
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30 / 10.11.2024