O‘zbekiston | 07:23 / 20.02.2024
18758
1 daqiqa o‘qiladi
Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokim tayinlandi
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik hamda Jizzax viloyatining Baxmal tumanlariga hokimlar tayinlandi.
Jumladan, Qodirjon Erkaboyev Uchko‘prik tumani hokimi etib tayinlandi.
U 2021 yil avgustidan buyon “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Farg‘ona mintaqaviy filiali boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Shuningdek, Aziz Ergashev Baxmal tumani hokimi v.b. etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Jizzax shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bundan oldin Baxtiyor Salimjonov Namangan viloyatining Chust tumani hokimi lavozimiga, G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:28 / 25.10.2023
Farg‘onada karta o‘ynagan davlat xizmatchilari ishdan ketdi
14:32 / 19.06.2023
Farg‘onada qurilishi tugallanmagan sexda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14:06 / 19.10.2022
Uchko‘prik fermerlari voqeasi: hokim hayfsan oldi, prokuror, IIB va soliq boshliqlari ustidan xizmat tekshiruvi boshlangan
07:55 / 17.09.2020