Samarqandda benzin tashiydigan maxsus yuk mashinasi yonib ketdi
Yong‘inga yuk mashinasi g‘ildiragi nosoz holga tushgani sabab bo‘lgan.

Foto: IIB
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida benzin tashiydigan maxsus yuk mashinasi yonib ketgan.
Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning xabar berishicha, hodisa 2024 yil 25 fevral kuni soat 00:55 da sodir bo‘lgan.
M-37 avtomobil yo‘lining Paxtachi tumani Xudoyberdi mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida haydovchi U.M. boshqaruvida bo‘lgan Mersedes Benz yuk mashinasi o‘zida benzin yonilg‘isini olib ketayotganda orqa g‘ildiraklaridan biri nosoz holga kelib qolishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in zudlik bilan bartaraf qilinib, hodisa joyi Paxtachi tuman IIB tomonidan protsessual tartibda ko‘zdan kechirilib, rasmiylashtirilgan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025