O‘zbekiston | 07:25 / 26.02.2024
4911
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobus va Malibu ishtirokida mayda to‘qnashuv yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda avtobus va Malibu ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

25 fevral kuni “Toshshahartransxizmat”ning 18-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan King Long rusumli avtobus va Malibu rusumli avtotransport vositasi ishtirokida mayda to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

382-raqamli avtobus soat 11:30 larda Bobur ko‘chasidagi avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakda ketayotganda, to‘xtab turgan Malibu haydovchisi old eshikni ochib yuborgan.

Hodisa oqibatida hech kimga, shuningdek, avtobusga ham zarar yetmagan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid