Xayrullo Bozorov «Yoshlar ko‘li» bo‘yicha qarorini bekor qildi
Farg‘ona viloyati hokimining g‘ayriqonuniy qarori Farg‘ona shahridagi «Yoshlar ko‘li» Sport vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilishi ortidan bekor bo‘lmoqda. Ungacha ko‘l va uning 2,2 gektarlik hududi 24 kunlik firmaga uy qurish uchun berib yuborilgandi.
Farg‘ona viloyati hokimining Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li» hududini mehmonxona, restoran, savdo majmuasi hamda ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish uchun 24 kunlik firmaga doimiy foydalanish huquqi bilan biriktirib berish haqidagi qarori bekor qilindi.
Xayrullo Bozorov 7 mart kuni o‘z qarorini bekor qilish haqida qaror qabul qildi.
Hujjatda keltirilishicha, Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li» biriktirib berilgan «Unays building» MChJ 4 mart kuni hokimlikka xat bilan murojaat qilib, chet ellik investorlar tomonidan moliyalashtirish o‘z vaqtida amalga oshirilmayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz oldinroq Xayrullo Bozorovning qaroriga ko‘ra Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li» mehmonxona, restoran, savdo majmuasi hamda ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun tashkil etilganiga 24 kun bo‘lgan Unays building MChJga doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirib berilgani yuzasidan surishtiruv e’lon qilgandi.
Surishtiruvdan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimining qarori ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi hamda faollar «Yoshlar ko‘li» farg‘onaliklarga qaytarilishi kerakligi haqida yozishdi.
Mazkur holatdan so‘ng Davaktiv agentligi tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, «Yoshlar ko‘li»ning doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirib berilishida bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi hamda ko‘l Sport vazirligiga qaytarilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
17:11 / 09.03.2024
Qo‘ldan qo‘lga o‘tayotgan Yoshlar ko‘li: Xayrullo Bozorovning noqonuniy qarori birinchisi emasligi ma’lum bo‘ldi
20:04 / 06.03.2024
Farg‘onadagi «Yoshlar ko‘li» Sport vazirligiga qaytariladi – Davaktiv agentligi
19:10 / 06.03.2024
“Yoshlar ko‘li farg‘onaliklarga qaytarilishi kerak” – Xayrullo Bozorovning qarori e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda
13:45 / 05.03.2024