O‘zbekiston | 09:10 / 11.03.2024
3471
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda sayyohlik majmuasini barpo etishga Turkiya sarmoyasi jalb etilishi mumkin

Istanbul shahrida Turkiya sarmoyasining Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari turkiyalik tadbirkor Rashid Xon bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Uchrashuvda mamlakatga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Turk tadbirkoriga O‘zbekistonda xorijiy investor uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, biznesning davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlanishi, mamlakatimizning ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, logistika imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Mamlakatda sanoat, transport, energetika, turizm va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish istiqbollarini o‘rganish to‘g‘risida kelishib oldi.

Mavzuga oid