Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi ish boshladi
46 yoshli Timur Rahmonov ushbu lavozimda Qadamboy Sultonov o‘rniga tayinlangan edi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Timur Rahmonov 13 mart Latviya poytaxti Riga shahriga tashrif buyurdi.
Yangi tayinlangan elchi 2021-2024 yillarda Rossiyaning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan. 46 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Rus, ingliz, polyak, ispan tillarini biladi.
Timur Rahmonov TIV tizimidagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan. O‘tgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishladi. 2017–2018 yillarda esa Tashqi ishlar vazirligining Urganch shahri hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida ishlagan Qadamboy Sultonov o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
15:39 / 07.05.2025