O‘zbekiston | 14:31 / 14.03.2024
16560
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sherzod Rahimov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U tayinlovga qadar Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

13 mart kuni Sherzod Abduxalilovich Rahimov Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Sherzod Rahimov 1984 yilda Quva tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetini hamda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004 yilda tarix o‘qituvchisi sifatida boshlagan.

2007–2010 yillarda FarDU aspiranti, 2010–2011 yillarda ushbu universitet qoshidagi akademik litseyda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lgan. 2011–2015 yillarda «Kamolot» YoIH Farg‘ona viloyati kengashi raisi bo‘lib ishlagan.

2015–2019 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020 yil 22 yanvardan hozirga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

  • Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yil fevralidan buyon Fayzullajon Qosimov ishlab kelgandi. U fevral oyida bosh vazir kotibiyati «Mahalla yettiligi», yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti rahbari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid